TIV rahbari Avstriya Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
2024-yil 14-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriyaning Oʻzbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Matias Radostichdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Ikki va koʻp tomonlama munosabatlar, ayniqsa, iqtisodiy yoʻnalishdagi hamkorlik kun tartibi koʻlami juda kengligi qayd etildi. Vazir Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida foydalanilmagan imkoniyatlarni kashf etishda muvaffaqiyatlar tiladi.