TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig‘ilishi to‘g‘risida

 

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) favqulodda sammiti arafasida O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov raisligida Anqara shahrida TDT tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TDT Davlat rahbarlari kengashining favqulodda yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi, Sammit kun tartibi va unda ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishildi, Tashkilot doirasida tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va gumanitar yordam ko‘rsatish sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий