Tashqi ishlar vazirligida “Uzbek-Oman Investment Capital” kompaniyasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev “Uzbek-Oman Investment Capital” kompaniyasi direktori Omar Bahrom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

Omar Bahrom O‘zbekiston bozorining yuqori salohiyatini qayd etib, mamlakatimizda uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u “Uzbek-Oman Investment Capital” kompaniyasi o‘zbekistonlik sheriklar bilan faol hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий