Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.

Ukraina tomonidan OAVda Oʻzbekistonga oid notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy so‘rovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganish va xolis ma’lumot berishga tayyor.

O‘z navbatida, Elchi N.Doroshenko O‘zbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий