Tashqi ishlar vazirligida Singapur Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Singapur Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Bahorudin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida 2023-yil yanvar oyida Singapurga oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilib, ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish tarafdori ekanligini ta’kidladilar.

Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, tashkiliy va mazmuniy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий