Tashqi ishlar vazirligida Rossiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.