Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 2023-yil 9-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahromjon A'loev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. 

Uchrashuv davomida O'zbekiston-Rossiya strategik sherikligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari to'g'risida fikr almashildi. 

Ikki tomonlama tadbirlar, shuningdek joriy yili o’tkazilishi rejalashtirilgan turli darajadagi o'zaro tashriflar jadvali va kun tartibi ko'rib chiqildi. 

Tomonlarning savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirishga tayyorligi qayd etildi. Rossiya vakillarining 2023-yil aprel oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” navbatdagi xalqaro sanoat ko'rgazmasida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий