Tashqi ishlar vazirligida Qatar Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2024-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qatar strategik sherikligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Tomonlar, shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий