Tashqi ishlar vazirligida Qatar Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar turli darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий