Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar hamda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot chog‘ida turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tashriflar va tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий