Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmed Faruk bilan uchrashdi. Muloqotda oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hududlararo o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Pokistonning xalqaro miqyosda, xususan, BMT, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий