Tashqi ishlar vazirligida O‘mon kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘monning “Arkan Majan Construction” kompaniyasi rahbari Mustafo Ali Muxtor al-Lavatiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonga O‘mon investitsiyasi va texnologiyalarini jalb etish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий