Tashqi ishlar vazirligida Norvegiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2023-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Norvegiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili  Kell-Gunnar Eriksen bilan uchrashdi.

K.Eriksen O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyasini rivojlantirish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga mamlakatni jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Norvegiyaning O‘zbekistondagi Elchisi (qarorgohi Osloda) Jon Mikal Kvistad ham ishtirok etdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий