Tashqi ishlar vazirligida Marokash Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Marokash Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Boku shahrida) Muhammad Odil Embarsh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda ikki tomonlama shakldagi hamda BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Marokash munosabatlarining holati va istiqbollarini ko‘rib chiqildi.
O‘zaro hamkorlikning muhim masalalari bo‘yicha, jumladan, xalqaro maydonda pozitsiyalarning mos kelishi va o‘xshashligi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun ishonchli asos bo‘layotgani ta’kidlandi.
Tomonlar, shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.