Tashqi ishlar vazirligida Latviya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2024-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.

Tomonlar siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

Raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya va “yashil” texnologiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning 18-davrasi hamda Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий