Tashqi ishlar vazirligida Italiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2024-yilning 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini o‘zaro manffatli yo‘nalishlarda yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirilish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar turli daraja va shakllardagi qo‘shma tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий