Tashqi ishlar vazirligida Isroilning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gideon Lyustigni qabul qildi. Uchrashuv davomida Zvi Koganning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirildi. O‘zbekiston xalqi barcha din va elat vakillariga azaldan do‘stona munosabatda bo‘lib kelgani, millatchilikning hech qanday ko‘rinishiga toqat qilmaganligi va bundan keyin ham toqat qilmasligi qayd etildi. Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yo‘qligiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida Birlashgan Arab Amirliklari va Isroilning tegishli idoralari bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgani bildirildi.