Tashqi ishlar vazirligida Isroil Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroil Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zexavit Ben Xillel bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarini yanada rivojlantirishning holati va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, xususan, O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy jihatlar ko‘rib chiqildi.