Tashqi ishlar vazirligida Isroil Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Zehavit Ben Hillelni qabul qildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Isroil hamkorligini yanada faollashtirishga urg‘u berilgan holda ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Investitsiya, innovatsiyalar, tibbiyot va ta’lim sohalaridagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar, xususan, Oʻzbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasining jadvali va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий