Tashqi ishlar vazirligida Indoneziya va BAA Elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2023-yil 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Indoneziya Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Sunario Kartadinata hamda Said al-Qamziy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalari, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlar bo‘yicha siyosiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali hamda tashkiliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий