Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirliklari elchisi qabul qilindi

 

2024-yil 2-dekabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tomonlar so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha fikr almashdi.

Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий