Tashqi ishlar vazirligida Belarus Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi Elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasi hamda Qirg‘iz Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilari Leonid Marinich va Musa Jamanbayev bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy, hududlararo o‘zaro hamkorlik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.