Tashqi ishlar vazirligida Belarus Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

2022-yil 25-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahrom A'loev Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.

Oliy darajadagi ishonchli muloqot tufayli so'nggi yillarda jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan to'lib borayotnga O'zbekiston-Belarus hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tovar ayirboshlash ko'rsatkichlarini oshirish va turli sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

2023-yili ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlashga bag'ishlangan tadbirlarning Qo'shma rejasini ("Yo'l xaritasi") qabul qilish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий