Tashqi ishlar vazirligida Bangladesh, Eron, Indoneziya, Malayziya va Pokiston elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning Elchilari Muhammad Monirul Islom (Bangladesh), Muhammad Ali Iskandariy (Eron), Sunaryo Kartadinata (Indoneziya), Ilham Tua Illias (Malayziya) va Ahmad Faruk (Pokiston) bilan uchrashdi. O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan ta’limdan tortib savdogacha bo‘lgan ko‘plab sohalardagi hamkorligida hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, yaqin kelajakda davlatlararo aloqalarni istiqbolli qo‘shma loyihalar bilan yanada boyitish zarurligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий