Tashqi ishlar vazirligida BAA va Eron Elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklari va Eron Islom Respublikasidagining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Said al-Qamziy hamda Hamid Nayrabodiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan siyosiy muloqotini kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.