Tashqi ishlar vazirligida Avstriya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Avstriyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Matias Radostich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro savdoni diversifikatsiya qilish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi. 

Madaniy-gumanitar, taʼlim, fan, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohalarida hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdorlik bildirildi. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий