Tashqi ishlar vazirligida AQSh Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

2023-yil 18-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Amerika Qo'shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ko'p qirrali O'zbekiston-Amerika strategik sherikligining ayrim masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy diplomatiyani "B2G" shaklida jadallashtirish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Turli darajadagi rejalashtirilgan tadbirlar va tashriflar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko'rib chiqildi.

Elchi Amerika tomonining O'zbekistonga islohotlar dasturini amalga oshirishda, shu jumladan USAID doirasida yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий