Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

19 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir jamiyat bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash, xalq bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tashqi ishlar vazirligi va jamiyat o‘rtasida doimiy, samarali va ochiq muloqotni ta’minlash, jamoatchilik fikrini o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etish eng muhim vazifalardan biridir. Jamoatchilik kengashi a’zolari bu jarayonda ishonchli hamkor bo‘ladi.

Kengash tarkibiga turli sohalarda katta tajribaga ega bo‘lgan ekspertlar, davlat idoralari vakillari, olimlar, yetakchi ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat institutlari va tahlil markazlari rahbarlari kiritildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga tashqi siyosat idorasining o‘tgan davrdagi faoliyati, kelgusi yildagi asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bugun O‘zbekiston Rahbari boshchiligida mamlakatimiz ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat yuritayotgani, xalqaro maydondagi rolini tobora mustahkamlab borayotgani alohida ta’kidlandi.

Iqtisodiy diplomatiya, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, mahalliy korxonalarning xalqaro bozorga chiqishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish Tashqi ishlar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi, amaliy tashabbus va takliflar ilgari surildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий