Tashqi ishlar vazirlari kengashining 7-yig‘ilishi o‘tkazildi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov videokonferensaloqa shaklida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 7-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Qozog‘iston tomoniga samarali raislik uchun minnatdorlik bildirildi va Ozarbayjonga OHICHK yangi raisligining faoliyatida muvaffaqiyatlar bildirildi. Dunyo miqyosida chaqiriqlar kuchayayotgan bir sharoitda, o‘zaro ishonch va muloqotni rivojlantirish barcha mamlakatlarning farovonligi uchun juda muhimligi taʼkidlandi.