Tashqi ishlar vazirining yangi oʻrinbosari tayinlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Abdullaev Olimjon Suyunovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.  

O.Abdullaev ko‘p yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlagan. Hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan (2021-2024 yillar).

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий