Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tanishtirildi

 

2023-yil 17-aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-apreldagi qaroriga muvofiq tayinlangan Usmanov Bobur Masudovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.

B.Usmanov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий