Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Pokiston va Qatar Elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

 2024-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasi va Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Ahmad Faruk va Hasan Hamza Hoshim bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi, iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy e’tibor rejalashtirilgan tashriflar va turli darajadagi qo‘shma tadbirlarning tashkiliy-mazmuniy jihatlariga qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий