Tashqi ishlar vaziri Yaponiya elchisini qabul qildi
2024-yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.
Muloqot chog‘ida 2023-yil yakunlari ko‘rib chiqildi hamda 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligidagi ijobiy sur’atni yanada oshirish, barcha darajadagi aloqalarni faollashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.