Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari XMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2024-yil 29-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy koordinatori Zeynal Hajiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shma vazifalar belgilab olindi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari bialn hamohang bo‘lgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida yaqin aloqalarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak tadbirlar, jumladan, XMT rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.