Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Shveysariya Elchisi bilan uchrashdi

 2023-yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Shveysariya Konfederatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiyni qabul qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish, oʻzaro tashriflar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va mustahkamlash, O‘zbekiston-Shveysariya fan va taʼlim muassasalari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий