Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Germaniya hukumatining iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

 

2024-yil 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya hukumatining iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakili, Germaniya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Jennifer Li Morgan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini, eng avvalo, ekologiya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muqobil energiya, qishloq va suv xo‘jaligini raqamlashtirish, ekologik ta’lim, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish sohalaridagi aloqalarni faollashtirish, shu jumladan, tajriba va texnologiyalar almashish orqali muloqotni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish hamda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий