Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Eron Elchisi bilan uchrashdi
2023-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasi Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb muvzular, jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston-Eron munosabatlarining joriy masalalarini hal etish uchun amaliy aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ham ko‘rib chiqildi.