Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bangladesh elchisi bilan uchrashdi

 

2023-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mohammad Monirul Islom bilan uchrashdi.

Muloqotda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий