Tashqi ishlar vaziri Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi bilan uchrashdi

 

2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi kun tartibi keng qamrovli bo‘lib, mavjud aloqalar yangi yo‘nalishlarini ochishga qaratilgan eng dolzarb mavzular, jumladan, 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Strategik muloqot sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqalarini azaldan yaqin savdo aloqalari, mushtarak qadriyat va urf-odatlar, eng muhimi, muqaddas islom dini chambarchas bog‘lab turishi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий