Tashqi ishlar vaziri “Global Infrastructure Partners” asoschisi, raisi va bosh direktori, “BlackRock” kompaniyasining katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashuvi to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida “Global Infrastructure Partners” asoschisi, raisi va bosh direktori, “BlackRock” kompaniyasining katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida barqaror investitsiyalarga qaratilgan hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. 

Xususan, O‘zbekiston qulay sarmoya muhitini yaratishga intilayotgani, “BlackRock” kompaniyasining boy tajribasi esa o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va taraqqiyot bo‘yicha strategik maqsadlarimizga mos kelishi taʼkidlab o‘tildi. 

Shuningdek, mintaqamizda tub burilish yasaydigan loyihalarni amalga oshirish yo‘lida mustahkam sheriklik o‘rnatishga intilinayotgani qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий