Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus Prezidenti tomonidan qabul qilindi
2024-yil 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuv davomida do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan O‘zbekiston-Belarus hamkorligi barcha jabhalarda jadal rivojlanib borayotganligi qayd etildi. O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishiga alohida eʼtibor qaratildi.