Tashqi ishlar vaziri BMTTDning doimiy vakili bilan uchrashdi

 

15-avgust kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fujiini qabul qildi. 

TIV rahbari BMTTDning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlashini ta’kidladi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 

Vazirlik nomidan Fujii xonimga yurtimizdagi kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий