Tashqi ishlar vaziri BAA energetika va infratuzilma vaziri bilan uchrashdi
2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad Al-Mazruiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning ekologik toza, energiya tejovchi va ilg‘or infratuzilma yechimlarini yaratish uchun eng so‘nggi xalqaro bilim hamda tajribani jalb etishga intilishi qayd etildi. TIV rahbari BAAdagi hamkorlarga taraqqiyot maqsadlariga erishishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun o‘z minnatdorligini bildirdi. Uchrashuv davomida ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi qator dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.