Tashqi ishlar vaziri Antaliya diplomatik forumida ishtirok etdi
2024-yil 1-mart kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Antalya diplomatik forumining “Turkiy dunyoda institutsionallashtirish: XXI asrda TDT” mavzusidagi panel sessiyasida ishtirok etdi.
Sessiyada Ozarbayjon, Qirg’iziston, Qozog’iston tashqi ishlar vazirlari Jeyhun Bayramov, Jeenbek Kulubayev, Murat Nurtleu, Turkiya Buyuk millat majlisi deputati Mevlut Chavusho‘g‘lu va Turkiy davlarlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.
O’zbekiston TIV rahbari o’z nutqida jahon miqyosida mavjud geosiyosiy vaziyatning dolzarb jihatlariga to‘xtaldi, TDT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ijobiy sur’atlarda rivojlanayotganini e’tirof etdi hamda o’zaro aloqalarni mustahkamlash uchun zarur vazifalarni qayd etdi.