Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to'g'risida

 

2023-yil 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida turli shakldagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar, jumladan, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini oʻtkazish boʻyicha fikr almashildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar Toshkentda Oʻzbekiston-Sloveniya biznes-forumi muvaffaqiyatli boshlanganini olqishladilar va ishbilarmon doiralar oʻrtasida yaqin aloqalarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.

Turizm, farmatsevtika va kimyo sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha takliflar ham muhokama qilindi.

Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyat palatalari oʻrtasidagi muloqotni faollashtirish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Oʻzaro hamkorlikning fundamental asoslarini yangi bosqichda mustahkamlash maqsadida davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekani bildirildi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim jihatlari ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий