Sloveniya hukumat delegatsiyasi 7-9 fevral kunlari O'zbekistonga tashrif buyuradi

 2023-yil 7-9 fevral kunlari Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Respublikasida tashrif bilan bo’ladi.

Mazkur tashrif doirasida Sloveniya delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa hukumat tashkilotlarida uchrashuvlar o'tkazadi hamda O'zbekiston-Sloveniya biznes-forumida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Sloveniya TIV rahbari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib, professor-o'qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий