Sichuan provinsiyasi Kommunistik partiya qo‘mitasi kotibi bilan uchrashuv haqida
2024-yil 30-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Chengdu shahrida (XXR) Sichuan provinsiyasi Kommunistik partiya qo‘mitasi kotibi Van Siaoxui bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Navoiy shahrida Navoiy-Sichuan sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar. Kun tartibidan ishbilarmon doiralar o‘rtasida yanada jadal va muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, kompaniyalarning bozorlarimizda faoliyat yuritishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, doimiy almashinuvni ta’minlash, yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi mavzular o‘rin oldi.