Shveysariyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Shveysariya Konfederatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

Muloqotda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan fikr almashildi.

K.Obolenskiy O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

K.Obolenskiy O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim rolini qayd etdi. Kelgusida ham samarali hamkorlik davom etishiga umid bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий