Shveysariya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Shveysariya Konfederatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiyni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlarini tomonlarni qiziqtirgan sohalarda yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvaliga, xususan, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya va ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий