Shvetsiyaning migratsiya masalalari bo‘yicha vaziri bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Shvetsiya Migratsiya vaziri Yoxan Forssell bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mehmon O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamika borasida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik, mobiliklik va readmissiyaga oid hukumatlararo bitim tuzish, vizani soddalashtirish tartiblari va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha atroflicha muzokaralar olib borildi.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.